Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Momomeros an’analar davom etmoqda
21:18 / 2024-03-15

FOTOREPORTAJ

Qoraqalpoq xotin-qizlari azal-azaldan kashtachilik bilan shug‘ullangan. Ayni paytda ham milliy an’analarni rivojlantirib, kelgusi avlodlarga yetkazish yo‘lida fidoyilik ko‘rsatib kelayotgan mahorat sohibalari talaygina. Nukuslik Nesibeli Daljanova ulardan biri.

“Hunarmand” uyushmasi a’zosi Nesibeli Daljanova bir necha yillardan buyon qoraqalpoq xalq milliy liboslari tikish, “Ustoz-shogird” an’anasi asosida o‘z hunari sir-asrorlarini yoshlarga o‘rgatish, milliy qadriyatlarni targ‘ib etish bilan shug‘ullanadi. 

[gallery-16435]

Hunarmand o‘z mahsulotlari bilan mamlakatimiz hamda qo‘shni davlatlarda o‘tkazilayotgan bir qancha nufuzli festivallarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. “Tashabbus” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida bir necha bor “Eng yaxshi hunarmand” nominatsiyasi sovrindori bo‘lgan. 

Nesibeli Daljanovaning qizi Mehribon Jumaniyozova ham momomeros an’analar davomiyligini ta’minlashga ahd qilgan. U hozirda Amet baxshi nomidagi 12-bolalar musiqa va san’at maktabining “Amaliy qo‘l san’ati” bo‘limida yoshlarga kashtachilikdan saboq bermoqda. 

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA