O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini isloh qilish davom etmoqda. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va biznesni soyadan olib chiqishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 10 dekabrdagi PF-246-sonli Farmoni ijrosi doirasida mahalliy banklar to‘lov tizimlari operatorlari bilan birgalikda butun mamlakat bo‘ylab ekvayring tarmog‘ini faol kengaytirmoqda.
Parallel ravishda aholining turli guruhlari, shu jumladan ilgari bank hisobvaraqlariga ega bo‘lmagan va moliyaviy xizmatlardan foydalanmagan fuqarolarning unbanked-segmenti uchun mo‘ljallangan yangi karta mahsulotlari ishga tushirilmoqda.
2025 yilda boshlangan pilot loyihalarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ulardan biri — UZCARD to‘lov tizimi tomonidan ishlab chiqilgan «Moment» kartasidir. Loyiha bank xizmatlaridan foydalanishni soddalashtirish hamda bank ofislari va filiallariga tashrif buyurmasdan kartalarni ochish imkoniyatini yaratishga qaratilgan.
«Moment» kartasi bankning mobil ilovasi orqali masofadan turib faollashtirish imkonini beradi. Bunda, barcha moliyaviy operatsiyalar faqat uzoqlashgan identifikatsiyalash tartib-qoidalaridan o‘tgandan so‘ng va axborot xavfsizligi talablariga qat’iy rioya qilinganda mavjud bo‘ladi.
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining me’yoriy ko‘magida amalga oshirildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi hududida bank kartalarini chiqarish va muomalada bo‘lish qoidalari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Yangi talablarga ko‘ra, oldindan emissiya qilinadigan bank kartalarini chiqarishda karta egasining familiyasi va ismini jismonan aks ettirish talab etilmaydi.
Tartibga soluvchi, shuningdek, hamkor banklar — «Universal bank» va «Davr bank»larning qo‘llab-quvvatlashi — aholi bilan muloqotning yangi formatini yo‘lga qo‘yish imkonini berdi. Gap ilgari bank bo‘limlariga mustaqil ravishda murojaat qilmagan fuqarolar, shuningdek, bank tizimiga masofadan turib kirish imkoniyatlarini kengaytirish haqida bormoqda.
«Moment» loyihasi doirasida UZCARD to‘lov tizimi banklar bilan hamkorlikda kartalarni filial tarmog‘idan tashqarida distributsiyalash mexanizmini joriy etdi. Kartalar sayyor shaklda — bozorlar, vokzallar, metropoliten, avtobus bekatlari, shuningdek, hududlar va qishloq joylarda tarqatiladi. Distributsiyalash bosqichida karta faollashtirilmagan va bank hisobvarag‘iga biriktirilmagan, bu esa tartibga soluvchining talablariga to‘liq javob beradi.
2025 yil yakuniga ko‘ra, loyiha doirasida 140 mingdan ortiq «Moment» kartalari emissiya qilindi. Loyihaning asosiy ishtirokchilariga Hamkor bank, MKB bank, Davr bank va Universal bank aylandi. Agro bank, BRB, “My Bank” shuningdek filiallar tarmog‘i respublikadagi eng keng tarmoqlardan biri bo‘lgan Xalq bank ishga tushirish bosqichida.
Bundan tashqari, Alif to‘lov tashkiloti Davr Bank bilan hamkorlikda «Moment» ko-brend kartasini ishlab chiqdi. Uni distributsiyaga ishga tushirish 2026 yilning II-choragi oxirigacha 1 mln karta hajmida rejalashtirilgan.
«Moment» kartasidan foydalanishga kelsak, 2025 yil davomida operatsiyalarning asosiy qismi e-commerce-to‘lovlarga to‘g‘ri keldi, ularning ulushi 72 foizni tashkil etdi. Tranzaksiyalarning qolgan 28% POS-terminallar (20%) va bankomatlar (8%) orqali amalga oshirilgan operatsiyalar o‘rtasida taqsimlangan. Bunda, emissiya qilingan kartalarning faollik darajasi 70% dan oshdi.
Yuzaga kelgan dinamika shuni ko‘rsatadiki, bank kartalarini chiqarishning yangi modeli o'rinli va ommabop hisoblanadi. U aholining bank filiallari tarmog‘ining bevosita ishtirokisiz bank tizimiga masofadan turib kirishini ta’minlaydi.
Bundan tashqari, «Moment» kartasi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida hisob-kitoblar uchun vositalardan biri sifatida qaralishi mumkin. O‘zbekistonda 2026 yil 1 apreldan boshlab aholiga neft-gaz mahsulotlarini sotish uchun to‘lovlar faqat bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlaridan foydalangan holda amalga oshirilishi bo‘yicha talab joriy etiladi.
Sayt: uzcard.uz
Facebook: fb.com/uzcard
Instagram: @uzcard.uz
Telegram: t.me/uzcard
Reklama huquqi asosida