O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2024-yil 16-dekabr kuni banklar tomonidan mahallalarda aholi bandligini ta'minlash, daromadlarini oshirish hamda ularni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 19–21-noyabr kunlari Samarqand viloyatining bir qator tumanlarida keng ko‘lamli moliyaviy savodxonlik tadbirlari o‘tkazildi.
Mazkur tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda “O‘zmilliybank” AJ hamkorlikda Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Nurobod, Paxtachi va Payariq tumanlarida tashkil etildi. O‘quv uchrashuvlarining asosiy maqsadi — aholida moliyaviy madaniyatni oshirish, shaxsiy daromadlarni boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirish, bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari va afzalliklarini keng targ‘ib qilishdan iborat.
Tadbir davomida mas’ul xodimlar tomonidan aholiga kredit mahsulotlari, ularning shartlari, to‘g‘ri foydalanish tartibi hamda moliyaviy xavfsizlik qoidalari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berishdi. Shuningdek, o‘quv jarayonlari savol-javob shaklida tashkil etilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga amaliy javob olish imkoniga ega bo‘lishdi.Aholi tomonidan bildirilgan ehtiyoj va takliflar bank mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, keyingi bosqichdagi amaliy ishlar rejasiga kiritildi.

Ushbu yondashuv mahallalarda aholining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, ularning bandligini ta’minlash va daromad manbalarini ko‘paytirishga, tumanlarda bank xizmatlarining ommabopligi va sifati bo‘yicha ma’lumotlarolishga, mavjud muammolarni aniqlash hamda aholining moliyaviy ehtiyojlarini yanada chuqur tahlil qilishga xizmat qildi.