Ma’lumki, bugungi kunda O‘zbekistonda 1,3 milliondan ziyod xonadondan iborat 40 ming 26 ko‘p kvartirali uylar mavjud. Ularga 787 boshqaruvchi tashkilot hamda 269 ta uy-joy mulkdorlari shirkatlari xizmat ko‘rsatadi.
bugungi kunda tizimda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar xususida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva O‘zA muxbiriga kuydagilarni so‘zlar berdi.
– bugungi kunda 36 ming 368 ta ko‘p kvartirali uylar boshqaruvchi tashkilotlar, 991 tasi shirkatlar, 828 tasi esa bevosita mulkdorlar tomonidan boshqariladi. Ko‘p kvartirali uylarning 963 tasi boshqa tashkilotlar balansida, 876 uyda boshqarish usuli tanlanmagan.
Prezidentimizning 2021 yil 19 iyundagi “Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan eksperiment tariqasida respublikaning 15 hududida 15 ta boshqaruvchi tashkilot “ochiq tanlov” yo‘li bilan tanlandi va faoliyati to‘liq yo‘lga qo‘yildi. Bunda 1 ming 261 ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish uchun tegishli shartnomalar tuzildi.
Mazkur qaror ko‘p kvartirali uylarni boshqarish sohasida bir qator ijobiy o‘zgarishlarga turtki berdi. Eksperiment natijasida boshqaruvchi tashkilotlarga shirkatlardan o‘tgan kredit qarzdorligi 46 milliard so‘mdan 23 milliard so‘m (50 foiz)ga kamaygan. 470 yangi ish o‘rinlari yaratilgan va ishchilar ish haqi o‘rtacha 2 barobarga oshgan.
Shuningdek, boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan aholi murojaatlariga tezkorlik bilan javob berish maqsadida 24/7 rejimida faoliyat yuritadigan dispetcherlik va avariyani bartaraf etish xizmatlari, shuningdek, xonadonlarni tozalash, gilam yuvish, avtomashinani tozalab berish, derazalarga temir panjaralar va mebel yasash kabi qo‘shimcha xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan.
Bu kabi ishlar 2022 yil davomida tashkil etilgan boshqaruvchi tashkilotlarda ham amalga oshirilgan. Xususan, Toshkent shahrida 2022 yilda tashkil etilgan 171 ta boshqaruv kompaniyasining barchasida dispetcherlik xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.
Shu bilan birga, 2021 yil – 2023 yil yanvar oyi oralig‘idagi davrda shirkatlar tomonidan samarasiz boshqarilgan uylar soni 35 mingdan 991 tagacha kamaytirildi. 2021 yilda respublikada 1047 ta moliyaviy nochor shirkatlar mavjud bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda moliyaviy nochor shirkatlar soni 10 tani tashkil etmoqda.
Yuqorida nomi keltirilgan qarorga asosan “og‘ir” ahvoldagi shirkatlar boshqaruvidagi uylarni boshqarishni boshqaruvchi tashkilotlarga o‘tkazish hamda kreditlarni uch yil muddatga muzlatish belgilangan. Joriy yil 1 yanvar holatiga 1 trillion 213 milliard so‘m muzlatilgan bo‘lib, shundan 34 milliard so‘m muammoli kreditni tashkil etmoqda.
Shu bilan birga, 2022 yil 31 maydagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunga asosan boshqaruvchi tashkilotlar kommunal xizmat ko‘rsatishda yer, mol-mulk va daromad soliqlaridan ozod etilishi belgilandi.
Aholining boshqaruv organlari oldidagi majburiy badal to‘lovidan 2022 yil 1 dekabr holatiga 263 milliard so‘m kreditor qarzdorligi mavjud.
Shuni ham aytish joiz, “Mening uyim” yagona elektron bazasiga shirkat va boshqaruv tashkilotlar boshqaruvidagi ko‘p kvartirali uylardan 1,3 million xonadon to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritildi (97 foiz) va Kadastr agentligining ma’lumotlar bazasi bilan integratsiya qilindi.
O‘tgan yil mobaynida Markaziy bankning “MUNIS” tizimiga jami 787 boshqaruv tashkilotlari va 269 ta shirkat tomonidan elektron tizimlar orqali 250 milliard so‘m pul mablag‘lari kelib tushgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatgich 2023 yilning 10 yanvar holatiga 4,5 milliard so‘mni tashkil etmoqda.
2022 yilda 787 boshqaruvchi tashkilot tomonidan jami 92,3 milliard so‘m o‘z mablag‘lari hisobidan 2 ming 658 ko‘p kvartirali uyda mukammal va joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Jumladan, 1 ming 183 uyning 447 ming kv.m tom qismi, 2 ming 491 uyning kirish yulaklari, 443 uy ichidagi muhandislik tarmoqlari, 1 ming 12 uyning yerto‘la qismidagi muhandislik-kommunikatsiyalari, 609 uyning fasad qismi hamda 1 ming 314 elektr taqsimlovchi shitlar ta’mirdan chiqarildi.
Boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan ma’muriy bino qurish va binoni ta’mirlash uchun 70 milliard so‘m mablag‘ sarflangan. bugungi kunda 166 boshqaruvchi tashkilotlar o‘z binosida, 621 tasi ijara binoda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shuningdek, boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan jami 35 milliard so‘mlik zarur moddiy-texnika va uskunalar xarid qilingan.
Boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan 3 ming 978 uydagi 11 ming 934 kirish yo‘laklariga 47 mingdan ortiq energiya tejamkor sensor lampalar o‘rnatildi. Natijada bir sutkada 57 ming kVt yoki 17 million so‘m iqtisod qilishga erishildi. Ko‘p kvartirali uylarning kirish yo‘laklaridagi eshiklarni yopish uchun ularga 24 ming 191 yopish mexanizmlari hamda 32 ming 170 kirish yo‘laklaridagi derazalarga oynalar (plyonkalar) o‘rnatildi.
16-19 yanvar kunlarida ko‘p kvartirali uylarning boshqarish organlari ishchi guruhlar tomonidan 715 ko‘p xonadonli uyda elektr, 107 ko‘p xonadonli uylar, 3 ta ijtimoiy ob’ektlarning issiqlik ta’minoti hamda 2 ta ko‘p xonadonli uyda gaz ta’minoti qayta tiklandi.
Hududlardagi 207 ta ko‘p xonadonli uylarning elektr energiyasi bilan ta’minlab beruvchi jihozlar (kabel, shit, avtomat) yangisiga almashtirildi. Shuningdek, ko‘p kvartirali uylarga bog‘liq 35 transformatorlarda ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. 121 ta ko‘p xonadonli uylarning yerto‘la qismida joylashgan muhandislik va oqova suv tarmoqlarida yuzaga kelgan avariyalar, 56 ko‘p xonadonli uylarning ichimlik suv quvurlarida yuzaga kelgan yorilish va muzlash holatlari bartaraf etildi.
Shu bilan birga, 12 nosoz lift uskunalari ta’mirlanib ishga tushirildi. 2 ta ko‘p xonadonli uyning tom qismi joriy ta’mirlandi, 33 ko‘p xonadonli uyning 123 ta kirish yo‘lak eshiklariga dovodchiklar o‘rnatildi. Shuningdek, 20 ta ko‘p xonadonli uylarning kirish yo‘laklaridagi fromugalarning oynalari yangisiga almashtirildi. 317 ta ko‘p xonadonli uylarning old qismidagi 76 ming 160 kv.m yo‘laklari muzlamalardan va singan daraxt shoxlaridan tozalanib, qum va tuz aralashmalari sepildi.
Shahnoza Mamaturopova,
O‘zA