Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Moliyaviy barqaror NNTlar sonini ko‘paytirish muhim
12:09 / 2023-05-26

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi tomonidan fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Adliya vazirligining axboroti eshitildi.

— Yurtimizda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash, davlat organlari va ular o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish, ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, ushbu sohani tartibga soluvchi huquqiy bazani takomillashtirish borasida izchil ishlar amalga oshirildi, — dedi qo‘mita raisi Shuhrat Bafoyev. — Natijada nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqiy kafolatlarini ta’minlaydigan, zamonaviy demokratik talablarga va xalqaro standartlarga javob beradigan normativ-huquqiy baza yanada takomillashtirildi. Xususan, 20 ga yaqin qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumat qarorlari qabul qilindi. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan parlament nazoratini amalga oshirish oldimizda turgan muhim vazifalardandir.  

Eshituvda Adliya vazirligi tomonidan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish borasida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatida fuqarolar tashabbusi bilan tashkil etilgan NNT vakillarining ishtirokini kengaytirish, nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat dasturida ishtirokini kuchaytirish, davlat organlarining ayrim vazifa va funksiyalarini NNTlariga o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.    

Qayd etilganidek, Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida aks etgan 42 ta topshiriqdan 38 tasining ijrosi ta’minlangan, 4 tasining muddati uzaytirilgan. Bajarilgan topshiriqlar bo‘yicha 12 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilgan.    

Muhokamalar davomida Adliya vazirligiga fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Jumladan, ijtimoiy sheriklik munosabatlarini tadbirkorlik sub’ektlarini jalb qilgan holda kengaytirish, faol va moliyaviy barqaror nodavlat notijorat tashkilotlari sonini ko‘paytirish, xalq deputatlari mahalliy Kengashlar huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalar faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish borasida qator takliflar o‘rtaga tashlandi.    

 

M.Komilova,  

O‘zA