Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Moliyalashtirishga tavsiya etilgan 61 ta ilmiy loyihalarga sertifikatlar topshirildi. Ajratilgan mablagʻning umumiy miqdori esa salkam 66 milliard soʻm
23:20 / 2020-10-24

24-oktyabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligida ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida eʼlon qilingan tanlov gʻoliblariga sertifikatlar topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.


24-oktyabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligida ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida eʼlon qilingan tanlov gʻoliblariga sertifikatlar topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Sertifikatlar tanlovlar natijalariga koʻra 13 ta fan yoʻnalishlari boʻyicha jami 61 ta loyiha, shundan 45 ta amaliy, 11 ta innovatsion, 3 ta startap va 2 ta tajriba konstruktorlik loyihalari umumiy 65,9 mlrd soʻm miqdorida moliyalashtirishga tavsiya etilgan loyihalar rahbarlariga berildi. 

Sertifikatlarni innovatsion rivojlanish vazirining birinchi oʻrinbosari Shahlo Turdiqulova topshirdi. U oʻz nutqida olimlar berilgan imkoniyat va ragʻbatlardan imkon qadar samarali foydalanib, iqtisodiyotimiz va ijtimoiy sohalar uchun zarur boʻlgan ilmiy ishlanmalar yaratishlariga umid bildirdi. 

Loyihalar tanlovlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 133-son Qaroriga muvofiq, ilmiy tadqiqot loyihalariga buyurtma davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, ilmiy faoliyat subyektlarining asoslangan takliflari, shuningdek, fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning mavjud muammolarini inobatga olib tashkil qilingan.
photo_2020-10-24_23-14-50.jpg
photo_2020-10-24_23-14-57.jpg

Xususan:

Farmakologiya va farmatsevtika yoʻnalishi boʻyicha jami 7 ta loyiha, shundan 5 ta amaliy 1 ta innovatsion va 1 ta startap loyihalari umumiy moliyalashtirish hajmi 8,2 mlrd soʻm; 

Tibbiyot fanlari boʻyicha jami 5 ta amaliy loyiha umumiy moliyalashtirish hajmi 4,9 mlrd soʻm; 

Filologiya, pedagogika va psixologiya fanlari boʻyicha jami 3 ta loyiha, shundan 2 ta innovatsion, 1 ta amaliy loyiha umumiy moliyalashtirish hajmi 3,4 mlrd soʻm; 

Texnika fanlari boʻyicha jami 6 ta loyiha, shundan 2 ta tajriba konstruktorlik, 2 ta startap, 1 ta amaliy va 1 ta innovatsion loyiha umumiy moliyalashtirish hajmi 6,4 mlrd soʻm; 

Iqtisodiyot va huquq fanlari boʻyicha jami 7 ta loyiha, shundan 5 ta amaliy, 1 ta maqsadli, 1 ta innovatsion loyiha umumiy moliyalashtirish hajmi 5,1 mlrd soʻm; 

Kimyoviy texnologiyalar va nanotexnologiyalar fanlari boʻyicha jami 8 ta loyiha, shundan 6 ta amaliy, 2 ta innovatsion loyiha umumiy moliyalashtirish hajmi 7,7 mlrd soʻm; 

Qishloq xoʻjaligi, veterinariya va atrof-muhit muhofazasi fanlari boʻyicha jami 12 ta loyiha, shundan 10 ta amaliy, 2 ta innovatsion loyiha umumiy 15,3 mlrd soʻm; 

Matematika, fizika va mexanika fanlari boʻyicha 1 ta amaliy umumiy moliyalashtirish hajmi 1,5 mlrd soʻm; 

Tarix va ijtimoiy fanlar boʻyicha 1 ta amaliy loyiha umumiy moliyalashtirish hajmi 1,0 mlrd soʻm; 

Kimyo fanlari boʻyicha 1 ta amaliy umumiy 1,2 mlrd soʻm miqdorida moliyalashtirildi; 

Yer toʻgʻrisidagi fanlar boʻyicha 2 ta amaliy loyiha umumiy moliyalashtirish hajmi 2,1 mlrd soʻm; 

Axborotlashtirish va AKTni rivojlantirish fanlari boʻyicha jami 3 ta loyiha, shundan 2 ta amaliy, 1 ta innovatsion loyiha umumiy moliyalashtirish hajmi 2,8 mlrd soʻm; 

“Oʻzqurilishmaterial-LITI” tomonidan ishlab chiqilgan 5 ta amaliy loyiha jami 4,7 mlrd soʻm miqdorida moliyalashtirishga tavsiya etildi.