Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Moliya sohasida shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha ijobiy natijalarning xalqaro e’tirofi
15:47 / 2019-08-21

AQSh Davlat departamentining Iqtisodiy ishlar va biznes bo‘yicha byurosi 2019 yil uchun moliyaviy shaffoflik to‘g‘risidagi yillik hisobotni e’lon qildi.


AQSh Davlat departamentining Iqtisodiy ishlar va biznes bo‘yicha byurosi 2019 yil uchun moliyaviy shaffoflik to‘g‘risidagi yillik hisobotni e’lon qildi. Unda 2018 yilning 1 yanvaridan 31 dekabrgacha bo‘lgan davr qamrab olingan.

Hisobotda AQSh tomonidan ko‘mak ko‘rsatilayotgan 140 davlatdagi ishlar tahlil qilingan. Hujjatda davlat budjeti loyihasini muhokama qilish va uni e’lon qilishdagi o‘zgarishlar sabab O‘zbekiston dunyoda sezilarli o‘sish sur’ati qayd etilgan 13 mamlakat qatorida tan olinadi. Budjet loyihasi, uning tasdiqlangan varianti va yil yakunida ijro holati bo‘yicha hisobotlarning e’lon qilib borilgani va keng jamoatchilik uchun taqdim etilgani qayd etiladi.

O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, AQSh Davlat departamenti vakili tegishli qonunga binoan, 2014 yildan buyon e’lon qilib kelinayotgan hisobotda O‘zbekiston ilk bor qayd etilganini, bunda mamlakatda so‘nggi yillarda moliyaviy shaffoflikning ta’minlangani muhim o‘rin tutganini bildirgan.

Shuningdek, hujjatda O‘zbekistonning keyingi ijobiy yutuqlarga erishishi uchun tavsiyalar berilgan. Xususan, qarz majburiyatlari, budjet hujjatlarining ishonchliligi, davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi auditorlik xulosalarini tayyorlash va nashr etish, tabiiy boyliklarni qazib olish uchun litsenziyalar va shartnomalarni qonun hujjatlarida belgilash, shuningdek, foydali qazilmalarni qazib olish huquqini berish bo‘yicha tenderlar g‘oliblari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni barcha uchun ochiq holda taqdim etish shular jumlasidan.