Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Moldovaning yangi davlat rahbari vazifasini bajarishga kirishdi
08:26 / 2020-12-25

Moldovaning beshinchi prezidenti Mayya Sandu rasman davlat rahbari vazifasini bajarishga kirishdi.

Uning Kishinyov dagi inauguratsiyasi koronavirus tufayli 200ga yaqin ishtirokchi bilan kamtar ko‘rinishda o‘tkazildi.  

Qasamyod qabul qilgan Sandu davlat rahbari sifatida, avvalo, korrupsiyaga qarshi kurashishga, mamlakatdagi barcha fuqarolarning munosib prezidenti bo‘lishga va’da berdi.  

“Doyche velle” xabariga ko‘ra, Sandu: “Oligarxlarni himoya qiluvchi siyosatga barham beramiz. Dasturim to‘liq qaror topishi uchun parlamentga muddatidan avvalgi saylovlar o‘tkazilishi lozim. Boshqa yo‘l yo‘q”, deb ta’kidlagan.