Moldovada saylovning ikkinchi bosqichi o‘tyapti
Mamlakat markaziy saylov komissiyasiga tayanib “TASS” xabar berishicha, Moldovada mahalliy hokimiyat idoralariga umumiy saylovning ikkinchi bosqichi boshlandi. 5 noyabr kuni g‘olib aniqlanmagan 273 aholi manzilidagi uchastkalarda ovoz berish jarayoni qizg‘in pallada.
Mahalliy qonunga ko‘ra, merlik uchun kurashning ikkinchi turida 50 foizdan ko‘p ovoz olgan nomzod g‘olib chiqadi. Saylov o‘tganligi e’tirof etilishi uchun alohida okruglar bo‘yicha ro‘yxatga olingan saylovchilarning beshdan bir qismidan ko‘prog‘i qayd etilishi kerak.
Ovoz berish jarayonida 400 ga yaqin xorijlik kuzatuvchi ishtirok etmoqda.