Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Moldovada prezident saylovining birinchi bosqichi yakunlari eʼlon qilindi
16:11 / 2020-11-02

Moldovada prezident saylovining birinchi bosqichi boʻlib oʻtdi.


Moldovada prezident saylovining birinchi bosqichi boʻlib oʻtdi. 

Respublika Markaziy saylov komissiyasining maʼlum qilishicha, sobiq bosh vazir Mayya Sandi prezident lavozimi uchun boʻlib oʻtgan saylovning birinchi bosqichida 36,16 foiz ovoz olib oldinda bormoqda.

Markaziy saylov komissiyasi saytida maʼlum qilinishicha, Sandi prezident saylovida 32,61 foiz ovoz olgan amaldagi prezident Igor Dodonni ortda qoldirmoqda.

Xabarda aytilishicha, prezident saylovida ovozga berishga kelganlar jami ovoz beruvchilarning 33,33 foizini tashkil etgan, bu esa saylov natijalarini haqiqiy deb hisoblashga yetarli asos, deganidir.

Shuningdek, saylovda 43 ming nafar 18 yoshga toʻlgan yoshlar ovoz berishda ilk bor qatnashmoqda.

Moldovada prezidentlik lavozimi uchun sakkiz nomzod kurash olib bormoqda. Asosiy kurash ikkinchi muddatga nomzodini qoʻygan amaldagi prezident Igor Dodon bilan “Harakat va birdamlik” partiyasi rahbari Mayya Sandi oʻrtasida kechmoqda. Agar nomzodlarning birortasi ham birinchi turda 50 foizdan koʻp ovoz ololmasa, 15-noyabrda saylovning ikkinchi bosqichi boʻlib oʻtadi.

Moldavada davlat rahbari toʻrt yilga saylanadi.