Moldova prezidenti Mayya Sandu Ruminiya bilan birlashishni qo‘llab-quvvatlab ovoz berishi mumkinligini ma’lum qildi, deb yozadi Politico nashri.
Uning fikricha, mamlakat Rossiyaga qarshi turish va o‘z suverenitetini saqlab qolish uchun katta qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
“Bugun Moldova atrofida va umuman dunyoda nima bo‘layotganiga qarang. Moldova kabi kichik davlat uchun demokratik va suveren mamlakat sifatida yashab qolish, ayniqsa Rossiyaga qarshi turish tobora mushkullashmoqda”, - dedi u.
Moldova aholisi taxminan ikki yarim million kishini tashkil etadi. 1991 yilda Sovet Ittifoqi qulaganidan so‘ng, mamlakat mustaqilligini e’lon qildi.
Mayya Sandu Ruminiya bilan birlashish uning shaxsiy fikri ekanini ta’kidlab, Moldova fuqarolarining aksariyati bu fikrni qo‘llab-quvvatlamayotganini tan oldi. U Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishni esa mamlakat uchun asosiy maqsad deb atadi.
Moldova YeIga a’zo bo‘lish uchun 2022 yilda ariza topshirgan.
So‘rovlar natijasiga ko‘ra, Moldova fuqarolarining taxminan uchdan ikki qismi birlashishga qarshi. Ruminiyada esa bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlash darajasi yuqoriroq.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/hhgYDk2YEZU" title="Moldova Ruminiyaga qo‘shilishi mumkinmi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Iskandar Ismatov (video), O‘zA