Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Moldova Rossiya gazidan butunlay mustaqil bo‘lganini ma’lum qilmoqda
11:23 / 2022-12-19

Moldova Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Andrey Spinu o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ta’kidlashicha, Moldova endi Rossiya gaziga qaram emas.

"Tarixda ilk bor mamlakatimiz “Gazprom” tomonidan yetkazib berilayotgan gazni iste’mol qilishni to‘xtatadi. O‘tgan yili biz bitta manbaga qarab qolishdan xalos bo‘lish uchun zaxira to‘plash va boshqa muqobil ta’minotchini topishga va’da bergandik. Biz buning uddasidan chiqdik", — deb yozgan siyosatchi.  

Shuningdek, uning bayonot berishicha, "Moldovagaz" keyingi oylarda "Energokom" dan taxminan yuz million kubometr gaz oladi. Ushbu olinadigan gazning ming kubometri o‘rtacha 1108,61 AQSH dollarini tashkil etadi.