Moldova bosh vaziri va hukumati iste’foga chiqadi
Moldova bosh vaziri Ion Kiku o‘z lavozimini tark etadi.
Bu haqda uning o‘zi brifingda ma’lum qilgan.
Uning “Men o‘zimning va hukumatning iste’foga chiqish taklifini berdim”, degan so‘zlari “RIA Novosti”da iqtibos sifatida keltirilgan.
Kiku, shuningdek, mamlakat rahbariyati bilan muddatidan avval o‘tkaziluvchi parlament saylovlari haqida gaplashib olganini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq Moldovaning saylangan prezidenti Mayya Sandu bosh vazir va hukumatning iste’fosini talab qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, bugungi inauguratsiyadan so‘ng Mayya Sandu Moldova prezidenti vazifalarini bajarishga kirishadi.