Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Moldova armiyasi NATO mashg‘ulotlarida ishtirok etadi
11:57 / 2025-07-21

Moldova armiyasi harbiy xizmatchilari 23 iyuldan 7 avgustga qadar Gruziyada o‘tkaziladigan “Agile Spirit 2025” ko‘pmillatli o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashadi. Mamlakat mudofaa vazirligi matbuot xizmati tarqatgan xabarda aytilishicha, mashqlarda NATO davlatlari vakillari ham ishtirok etadi.

– Moldova zobitlari Ruminiya, Bolgariya, AQSH, Polsha, Litva kabi NATOga a’zo mamlakatlar harbiy xizmatchilari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, - deyiladi vazirlik saytida e’lon qilingan xabarda

Ta’kidlanishicha, mashg‘ulotlardan ko‘zlangan maqsad hamkor davlatlar armiyalarining jangovar qobiliyati va tezkor muvofiqligini, xalqaro tinchlikparvar amaliyotlari doirasidagi harakatlar samaradorligini oshirishdan iborat.

Ma’lumot o‘rnida, moldovalik harbiy xizmatchilar 2023 yildan buyon “Agile Spirit” dasturi doirasida o‘qitilib kelinmoqda. Konstitutsiyaga ko‘ra, Moldova neytral davlat hisoblanadi, biroq 1994 yildan boshlab NATO bloki bilan individual reja doirasida hamkorlik qilib kelmoqda. 

S.Rahimov, O‘zA