English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mol-mulksiz qolishdan qo‘rqqan korxona 218 nafar xodimiga ish haqini to‘lab berdi
10:30 / 2023-08-10

Har qanday inson mehnat qilar ekan, albatta uning mevasini totib, o‘zini va oilasini moddiy jihatdan ta’minlashni istaydi. Agar mehnatiga yarasha manfaat ko‘rmasa yoki oddiy so‘z bilan aytganda, haq olmasa, adolatsizlik va nohaqlikdan ozor chekadi. Hech bir vaziyatni sabab qilib bir necha yuzlab fuqaroning haq-huquqlari poymol bo‘lishini oqlab bo‘lmaydi.

Majburiy ijro byurosining Angren shahar bo‘limi ish yurituviga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Ohangaron tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan qarzdor "UZ Sh. S." MCHJdan 218 nafar xodimi foydasiga  ish haqi undirish to‘g‘risida ijro hujjati kelgan. Davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan  harakatlar davomida qarzdorning bankdagi hisob-raqamlariga qonunning 47-moddasiga asosan band qo‘yilgan va barcha mol-mulklari xatlangan. Mol mulklari realizatsiya qilinishidan xavotirga tushgan qarzdor korxona esa 218 nafar xodimiga ish haqini to‘lab berishdan boshqa iloji yo‘qligini tushunib yetdi.Olib borilgan qonuniy chora-tadbirlari natijasida qarzdor MCHJning o‘z ishchi xodimlariga  bir yil davomida to‘lamagan   1 mlrd. 939 mln. ish haqi undirilib,  ularning plastik hisob-raqamlariga o‘tkazib berildi.

 

O‘zA