Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mol-mulkka egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddatlar qisqartiriladi
11:35 / 2022-09-14

bugungi iqtisodiy islohotlar jarayonida mulkdor huquqlari va manfaatlari ustuvorligini to‘laqonli ta’minlash – davlatimiz siyosatining eng ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilab olingan.

Ta’kidlash lozimki, 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida mulkiy huquqlarning daxlsizligini ishonchli himoya qilish hamda davlat organlarining mulkiy munosabatlarga noqonuniy aralashuvini cheklashga qaratilgan bir qator tizimli vazifalarni amalga oshirish ham nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, amalga oshirilayotgan islohotlar natijasi o‘laroq, hech bir shaxs o‘z mol-mulkidan sudning qarorisiz mahrum etilishi mumkin emasligi belgilanganligi ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasining «Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi, «Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi, «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi (yangi tahrirda) va boshqa bir qator qonun hujjatlari qabul qilinmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil
24 avgustdagi «Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmon doirasida xususiy mulkka egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish huquqini bevosita yoki bilvosita cheklashni nazarda tutuvchi, mulkiy munosabatlarda bozor iqtisodiyoti tamoyillarini to‘liq joriy etishga to‘sqinlik qiluvchi tartiblar, talablar va cheklovlarni bekor qilish hamda tadbirkorlarning mulk huquqini himoya qilish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Jumladan, Farmonga muvofiq, mol-mulkka egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddatlarni qayta ko‘rib chiqish belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, qonun loyihasida mol-mulkka egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddatlarni qisqartirish yuzasidan qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish belgilangan.

Fuqarolik qonunchiligiga ko‘ra, mulkdor bo‘lmagan, lekin ko‘chmas mol-mulkka o‘n besh yil davomida yoki boshqa mol-mulkka besh yil davomida o‘ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxs, bu mol-mulkka mulk huquqini oladi (egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat).

Egalik qilish muddati bo‘yicha mulk huquqini olishning zaruriy shartlaridan biri, bu – muddat davomiyligining uzluksizligi, uning ichida qandaydir uzilishlarning bo‘lmasligi hisoblansa, yana bir muhim jihati mol-mulkka oshkora hamda halol va xolisona munosabatda bo‘lishdir. Mazkur muhim shartlar bajarilgan taqdirda, mol-mulkka egalik huquqi vujudga keladi.

Jumladan, xalqaro davlatlar tajribasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, mulk (xususiy mulk) Finlyandiya Konstitutsiyasi asosida tan olinadi va boshqa qonun hujjatlari yoki xalqaro huquq normalari bilan muhofaza etiladi.

Masalan, Finlyandiya Konstitutsiyaning umumiy ehtiyojlar uchun mol-mulkni to‘liq qoplash bilan xususiylashtirish tartibi 15-bandida va davlat mulkini o‘tkazish tartibi 90-bandlarida belgilab berilgan. bugungi kunda Finlyandiyada fuqarolar mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishda davlat tomonidan tegishli himoyaga ega. Mamlakatda xususiy mulk huquqlarini ta’minlash va himoya qilish uchun shart-sharoit va tegishli mexanizmlar yaratilgan, sudyalar va mansabdor shaxslarning qabul qilingan qarorlar uchun mas’uliyatini oshirib, sudyalarning mustaqilligini ta’minlangan.

Germaniya xususiy mulkni himoya qilishga juda jiddiy yondashadi. Germaniya qonunlariga ko‘ra, xususiy mulkni himoya qilish federal va mahalliy qonunchilikka tegishli. Germaniyada xususiy mulk, ayniqsa yerga egalik haqida gap ketganda, asosiy huquqlarni himoya qilishning o‘ziga xos tizimi mavjud. Yer nuqtai nazaridan xususiy mulk Konstitutsiya bilan bir qatorda Germaniya huquq tizimi tomonidan ham himoya qilinadi. Germaniyada yerga egalik huquqi Konstitutsiyaning 14-moddasi va Fuqarolik kodeksining 903-moddasiga muvofiq mutlaq va eksklyuziv deb ataladi.

Mutlaq mulkdor yerni va boshqa ko‘chmas mulkni, masalan, ko‘rib chiqilayotgan yerdagi ko‘chmas mulkni to‘liq nazorat qilish huquqiga ega. Germaniya Konstitutsiyasi boshqa mamlakatlarga nisbatan xususiy mulkni himoya qilishga institutsional qonuniylikni beradi. Xususiy mulk Germaniya fuqarolariga berilgan barcha shaxsiy huquqlar orasida juda muhim o‘rinni ifodalaydi.

Taklif etilayotgan o‘zgartishlar nafaqat mulkdorlar huquqlarini, ularni o‘z mulkiga bo‘lgan mulk huquqidan asossiz ravishda mahrum etishdan himoya qilishni kafolatlaydi, balki mulkdorlarning davlatga va uning organlariga bo‘lgan ishonchi ortishi ta’minlanishini asoslaydi.

Shuningdek, mazkur Farmon mol-mulkka o‘ziniki kabi halol va xolisona egalik qilgan fuqarolarga egalik qilish huquqini yanada mustahkamlaydi hamda mulkiy huquqlarning davlat tomonidan kafolatlanishiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashda xizmat qiladi.

 

Yu.Jonuzoqova, Adliya vazirligi huzuridagi

Huquqiy siyosat tadqiqot instituti

mas’ul xodimi