Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mol-mulk va yer solig‘ini o‘z vaqtida to‘lash zarur
10:59 / 2021-10-06

Mol-mulk va yer soliqlarini to‘lash muddati yaqinlashmoqda.

 Buxoro viloyatidagi 480 ming 954 nafar soliq to‘lovchilardan 255 ming 843 nafari 2021 yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer solig‘i to‘lovlarini to‘liq to‘lab bo‘ldi. 

Bu viloyat bo‘yicha hisoblangan soliqlarni 50,2 foizi undirildi degani.

Tahlillarga ko‘ra, viloyatdagi 5 ta hudud bu borada yetakchi. Xususan, yillik hisoblangan soliqlarining Kogon shahri aholisi 59 foizini, Buxoro shahri aholi 57,1 foizini, Buxoro tumani aholisi 56 foizini, Qorovulbozor tumani aholisi 55,9 foizini va Olot tumani aholisi 54,9 foizini to‘lab bo‘lgan.

Raqamlar bilan aytganda bugungi kunga qadar yurtimiz kelajagi uchun daxldorlik hissi bilan yashayotgan fuqarolar tomonidan qariyb 106,7 milliard so‘mlik soliq to‘lovlari amalga oshirilgan. Afsuski, viloyatning boshqa hududlaridagi mol-mulk va yer solig‘i to‘lovlarini to‘lash majburiyatiga ega soliq to‘lovchilarda ana shunday faollik sezilmayapti.

Buxoro viloyati DSB Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, viloyatdagi 225 ming 111 nafar jismoniy shaxs joriy yilda hisoblangan soliqlar hisobidan hali biror so‘m ham to‘lov amalga oshirmagan. Vaholanki, joriy yilda hisoblangan soliqlarning 50 foizi 15 aprelgacha to‘lanishi kerak edi. Bunday fuqarolar eng ko‘p Buxoro shahrida 39 ming 679 nafar, Shofirkonda 20 ming 960 nafar, Jondorda 20 ming 339 nafar, Buxoro tumanida 19 ming 436 nafar, Qorako‘lda 18 ming 277 nafar, Romitanda17 ming 222 nafar va Vobkentda 14 959 nafarni tashkil etadi.

Eslatib o‘tish joiz, Soliq kodeksining 423-moddasiga binoan, yer va mol-mulk soliq to‘lovlarini to‘lashning oxirgi muddati 15 oktyabrgacha etib belgilangan.

Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamaslik, soliq organi tomonidan qarzdorlikni majburiy undiruvga qaratilishiga sabab bo‘ladi. Natijada qarzdordan soliq qarziga qo‘shimcha ravishda sud xarajatlari ham (ijro yig‘imi, davlat boji, ma’muriy jarima va boshqa to‘lovlar) undiriladi.

[gallery-4169]

Zarif Komilov, O‘zA