Soliq qo‘mitasining ma’lum qilishicha, joriy yil 15 oktyabr holatiga 173 ming 391 ta tashkilotning 747 ming 940 xodimida 882 ming 939 soliq ob’ekti bo‘yicha 831,5 milliard so‘m to‘lanmagan soliq qarzdorligi mavjud.
Shundan 150,8 milliard so‘m – byudjet tashkilotlari xodimlari, 35,8 milliard so‘m – nodavlat-notijorat tashkilotlari xodimlari, 644,9 milliard so‘m – tijorat tashkilotlari xodimlari hisobiga to‘g‘ri keladi.
Tijorat tashkilotlari xodimlarining mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha qarzdorligi sohalar kesimida:
sanoat sohasidagi 20,8 mingta tashkilotda ishlovchi 130,1 ming nafar xodimning soliq qarzi – 140,7 milliard so‘m,
qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi sohasidagi 50,9 mingta tashkilotda ishlovchi 88,8 ming nafar xodimning soliq qarzi – 138,6 milliard so‘mni tashkil etadi.
Shuningdek, savdo sohasidagi 41,3 mingta tashkilotda ishlovchi 71,6 ming nafar xodimning soliq qarzi – 116 milliard so‘m, qurilish sohasidagi 10,1 mingta tashkilotda ishlovchi 58,6 ming nafar xodimning soliq qarzi – 90,3 milliard so‘m, tashish va saqlash sohasidagi 5,4 mingta tashkilotda ishlovchi 33,2 ming nafar xodimning soliq qarzi – 30,6 milliard so‘m.
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasidagi 9,2 mingta tashkilotda ishlovchi 16,5 ming nafar xodimning soliq qarzi – 28,5 milliard so‘m, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi 4,3 mingta tashkilotda ishlovchi 10,4 ming nafar xodimning soliq qarzi – 11,7 milliard so‘m, axborot va aloqa sohasidagi 2,2 mingta tashkilotda ishlovchi 9,6 ming nafar xodimning soliq qarzi – 8,7 milliard so‘mni va boshqa faoliyat turlari sohasidagi 16,8 mingta tashkilotda ishlovchi 65,4 ming nafar xodimning soliq qarzi – 79,8 milliard so‘mni tashkil etadi.
Xodimlari eng ko‘p soliq to‘lashi lozim bo‘lgan tashkilotlar:
"Temiryo‘llarinfratuzilma" AJ - 4 milliard so‘m,
"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ - 3,3 milliard so‘m,
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ - 3,3 milliard so‘m.
Sh.Mamaturopova,
O‘zA