Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mol-mulk solig‘i bo‘yicha 2017-yil uchun belgilangan stavkalar e’lon qilindi
12:04 / 2017-09-28

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha alohida stavkalar shaharlarda joylashgan umumiy maydoni 200 kv.metrdan 500 kv.metrgacha bo‘lgan turar joy va kvartiralarga 1,8 foizdan 2,1 foizgacha, maydoni 500 kv.metrdan ortiq bo‘lgan turar joy va kvartiralar uchun esa 2,5 dan 2,9 foizga oshirildi.

Prezidentining 2016-yil 27-dekabrda “O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq 2017-yilda jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi mol-mulkning inventarizatsiya qiymatiga nisbatan 1,7 foiz (2016-yilda 1,5 foiz bo‘lgan) miqdorida belgilandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy saytida xabar berildi.

Shuningdek, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha alohida stavkalar shaharlarda joylashgan umumiy maydoni 200 kv.metrdan 500 kv.metrgacha bo‘lgan turar joy va kvartiralarga 1,8 foizdan 2,1 foizgacha, maydoni 500 kv.metrdan ortiq bo‘lgan turar joy va kvartiralar uchun esa 2,5 dan 2,9 foizga oshirildi.

Bundan tashqari, 2017-yil 1-yanvardan boshlab boshqa aholi punktlarida joylashgan umumiy maydoni 200 kv.metrdan ortiq bo‘lgan turar joy va kvartiralar uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari – 2,1 foiz (2016-yilda 1,8 foiz) miqdorida belgilandi.

Shuningdek, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq kadastr hujjatlaridagi inventarizatsiya qiymatidan kelib chiqib, lekin 3 mln. so‘mdan kam bo‘lmagan miqdordan kelib chiqib hisoblanadi.

Jismoniy shaxslar mol-mulkini baholash organlari tomonidan belgilangan inventarizatsiya qiymati bo‘lmaganda, soliqni undirish uchun Toshkent shahri va viloyat markazlarida 20328,0 ming so‘m miqdorida, boshqa shaharlar va qishloq joylarda esa 8833,0 ming so‘m miqdorida mol-mulkning shartli qiymati qabul qilindi.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yxatga oluvchi organlarda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan yangi qurilgan turar joylar bo‘yicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq mol-mulkning shartli qiymatidan kelib chiqib ikki baravar miqdorida undiriladi.

Jismoniy shaxslarga hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari jismoniy shaxslar tomonidan soliq davri uchun hisobot yilining 15-oktabriga qadar to‘lanadi.

Eslatib o‘tish joizki, Soliq kodeksining 120-moddasiga asosan, belgilangan muddatdan kechiktirib to‘langan soliq summasiga har bir kechiktirilgan kun uchun 0,033 foiz miqdorida penya hisoblanadi.