Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mohlaroyim rektor yordamchisi
13:40 / 2025-04-19

Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov IELTS xalqaro til bilish imtihonidan 8,5 ball to‘plab, C2 sertifikatini qo‘lga kiritgan Tillar fakulteti 1-bosqich talabasi Mohlaroyim Yahyoyeva bilan uchrashdi.

Uchrashuvda talabaning yutug‘i, ta’limdagi muvaffaqiyatlari haqida alohida ta’kidlandi. Institut rektori Mohlaroyimni ushbu yutug‘i bilan tabriklab, uni yanada yuqori maqsadlar sari intilishi va yoshlar orasida ingliz tilini o‘rganishni targ‘ib qilishga chaqirdi. 

Chet tilini bilish nafaqat ta’limda, balki global kommunikatsiyada ham muhim omil ekanligi aytildi. Mohlaroyim o‘zining IELTS imtihonidagi muvaffaqiyatini o‘zining qat’iyatliligi bilan bog‘lashni aytib, ustozlariga minnatdorlik izhor qildi.

Uchrashuvda institut rektori yoshlarning ingliz tilidagi bilimlarini yanada oshirishga doir barcha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi. Shuningdek, Mohlaroyimning sertifikat imtihonlari uchun amalga oshirgan to‘lov xarajatlarining barchasi institut tomonidan qoplanishi, yoshlar orasida ingliz tilini o‘rganishni targ‘ib qilish bo‘yicha rektor yordamchisi bo‘lgani aytildi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.