French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mohir hunarmand
18:43 / 2021-06-23

Buxorolik Davlat Safarov mohir hunarmandlardan.

Yoshligidan tasviriy san’atga mehr qo‘ygan usta Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamda Buxoro davlat universitetida tahsil olgan. 

[gallery-2898]

Rassom miniatyura san’atiga oid ijodiy ishlari bilan ko‘pchilik e’tiboriga tushgan. Viloyat «Hunarmand» uyushmasi a’zosi sifatida Fransiya, Rossiya davlatlari hamkorligida respublika miqyosida o‘tkaziladigan san’at forumlari, anjumanlarda faol ishtirok etib keladi.

Usta shuningdek, tosh o‘ymakorligi ishlari bilan ham nom qozongan. Hunarmandning Buxorodagi muqaddas qadamjolarda xarsang va marmar toshlarga ishlov berib bitgan purhikmat so‘zlar va naqshinkor shakllarida toshtaroshlik san’atining o‘ziga xos uslubi namoyon.

Tohir ISTATOV (surat), O‘zA