Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mohir fortepianochi” tanlovining final bosqichi g‘oliblari aniqlandi
14:44 / 2025-12-22

Poytaxtimizda yurtimiz bo‘ylab iste’dodli yoshlarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va katta sahnalarga olib chiqish maqsadida tashkil etilgan “Mohir fortepianochi” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan tanlovning mahalla, sektor, tuman va hududiy bosqichlarida 200 mingdan ortiq yosh o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazdi. Hududiy bosqichlarda eng kuchli ijrochilar saralanib, 76 nafar iste’dodli yosh Respublika bosqichiga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Tanlovning Respublika bosqichi natijalariga ko‘ra havaskor ijrochilik yo‘nalishida 10-13 yosh toifasida 1-o‘rinni Toshkent shahridan Durgut Zara Osman egalladi. 2-o‘rin Toshkent shahridan Rania Umarovaga, 3-o‘rin Maryam Ishmetova va Adiba Shakirovaga nasib etdi.

14-17 yosh toifasida 1-o‘rinni Anastasiya Mikulitskaya, 2-o‘rinni Varvara Korotkova, 3-o‘rinni Alimuhammad Almamedov va Nilufar Xudoyberdiyeva egalladi.

Tanlovning professional ijrochilik yo‘nalishida 10-13 yosh toifasida 1-o‘rin Amina Avazovaga tegishli bo‘ldi. 2-o‘rin Artyom Gorelov, 3-o‘rin Angelina Cherdikudi va Sevinch Azimovaga berildi.

14-17 yosh toifasida 1-o‘rin Kseniya Shegayga, 2-o‘rin Saida Husanovaga, 3-o‘rin Artyom Pogosov va Samira Haydarovaga berildi. 18-30 yosh toifasida esa 1-o‘ringa Nikita Stetsenko, 2-o‘ringa Aziz Yusupov, 3-o‘ringa Nodira Dadamuhamedova munosib topildi.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA