Mohinur Sotvoldiyeva: dadamning orzusini ro‘yobga chiqarganimdan faxrlanaman! (+video)
"Faxringman, Vatan!"
Har bir yutuq ortida ulkan mehnat va mashaqqat bor. Ammo mehnatlar samarasini ko‘rgach, inson ushbu mashaqqat uni faqat kuchli bo‘lishga undaganini tushunib yetadi.
Mehnatlari mevasini 14 yillik urinishlardan so‘ng ko‘rgan andijonlik Mohinurdan maqsad sari qo‘yilgan qadamlar haqida eshitamiz. Yo‘qotishlar, sinovlar va qat’iyat bilan erishilgan davlat mukofotining qadri va bu mukofot sohibasining qadriyatlari bugun barcha qizga o‘rnak va ibrat bo‘la oladi.
"Faxringman, Vatan!" loyihasining qahramoni iqtidorli qizlarimizdan biri, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi Mohinur Sotvoldiyeva.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/XSHbRl5c1To" title="Mohinur Sotvoldiyeva:Dadamning orzusini ro‘yobga chiqarganimdan faxrlanaman!" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva,
Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA