Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mohichehra Shomurotova — Gran-pri sohibasi
10:35 / 2023-06-23

Ozarbayjonning Boku shahrida "Mug‘om olami" deb nomlangan VI xalqaro mug‘om (maqom) festivali doirasida o‘tkazilgan nufuzli ko‘rik-tanlovda Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek Milliy musiqa san’ati instituti "Maqom xonandaligi" kafedrasi katta o‘qituvchisi, taniqli xonanda Mohichehra Shomurotova Gran-pri mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti telegram kanali xabar bermoqda.

Aytish joizki, mazkur festival maqom san’atini rivojlantirish, soha mutaxassislari o‘rtasida o‘zaro fikr almashishni ta’minlash maqsadida o‘tkazib kelinmoqda.  

"Shuhrat" medali sohibasi Mohichehra Shomurotova bir qator respublika va xalqaro tanlovlarda g‘olib bo‘lgan, milliy maqom san’atimiz rivoji va targ‘ibotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan san’atkorlardan sanaladi.  

 

N.Usmonova,  

O‘zA