Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mo‘g‘ulistonning “bayat” zotli qo‘ylari Namanganga keltirildi
15:50 / 2025-09-12

O‘zbekiston Prezidentining shu yil 24-25 iyun kunlari Mo‘g‘ulistonga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar doirasida, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida mazkur davlatdan 100 ming bosh “Bayat” zotli qo‘ylar olib kelinishi ko‘zda tutilgan.

Rejaga ko‘ra, shu jonivorlarning 12,5 boshi Namangan viloyatiga keltiriladi. Yaqinda qo‘ylarning dastlabki 730 bosh naslli turkumi Uychi tumaniga olib kelindi.

Tuman veterinariya va chorvachilik bo‘limi boshlig‘i Valijon Boltaboyevning qayd etishicha, tez o‘suvchi va yuqori vazn oladigan qo‘ylar parvarishi bilan ishlab kelgan tadbirkorlik sub’ekti negizida tashkil etilgan “Axsi chorva” MCHJ shug‘ullanadigan bo‘ldi. Bu sub’ekt klaster usulida ish olib borib, og‘irligi 35-50 kilogrammgacha yetadigan ushbu qo‘ylar naslchilik-seleksiya ishlari asosida ko‘paytiriladi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.