Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mo‘g‘ulistonda “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tmoqda
09:50 / 2025-06-24

Keyingi yillarda xorijiy davlatlarda “O‘zbekiston madaniyati kunlari”ning o‘tkazilishi an’anaga aylandi. Bu esa mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy, ijtimoiy-gumatinar aloqalarning tobora rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.

Madaniyat vazirligi axborot xizmatiga ko‘ra, mazkur tadbir doirasida O‘zbekiston tarixi va madaniyatini aks ettiruvchi ko‘rgazma tashkil etildi. Ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston — boy tarix va madaniyatga ega davlatlar ekanini ta’kidlashdi.

– Bizni buyuk tarixiy shaxslar, Buyuk Ipak yo‘li, ko‘chmanchi va o‘troq tamaddunlar hamda madaniy merosga bo‘lgan hurmat birlashtiradi, – dedi O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov. – Buyuk Ipak yo‘li nafaqat iqtisodiy, balki madaniy almashinuv uchun ham muhim yo‘l bo‘lgan. U xalqlarimizni yaqinlashtirdi, madaniy tajriba almashishga imkoniyat yaratdi. 

Shuningdek, O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Mo‘g‘ulistonning madaniyat, sport, turizm va yoshlar vaziri Undram Chinbat o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Mo‘g‘ulistonda “O‘zbekiston madaniyati kunlari” o‘tkazilishidek muhim voqea ikki davlat rahbarlarining do‘stona va yaqin hamkorligi samarasi ekani alohida e’tirof etildi. 

O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov uchrashuv davomida ushbu yorqin tadbir madaniy aloqalarni mustahkamlash, xalqlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro tushunishni chuqurlashtirish yo‘lida katta ahamiyatga ega ekanini e’tirof etdi. 

Mo‘g‘uliston Milliy opera va balet teatrida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” doirasida o‘zbekistonlik san’atkorlar ishtirokida gala-konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Aytish kerakki, 2024 yilning iyun oyida poytaxtda O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston san’at ustalari ishtirokidagi qo‘shma konsert dasturi bo‘lib o‘tgan edi.

Gala-konsert dasturi davomida o‘zbek milliy raqslari, kuylari, maqom va opera san’atining yorqin namunalari ijro etildi.

N.Usmonova, O‘zA