Mo‘g‘ulistonda “Kumush daraxt” milliy mukofoti sohiblari aniqlanmoqda
Mo‘g‘ulistonda madaniyat va san’at sohasida o‘tgan yilning eng yaxshilarini aniqlashga qaratilgan “Kumush daraxt–2025” milliy mukofotiga arizalar qabul qilish boshlandi. Bu haqda “Montsame” axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad – madaniyat va ijod vakillarini qo‘llab-quvvatlash, yangi g‘oya va loyihalarni rag‘batlantirish, shuningdek eng yaxshi asarlar, ijodkorlarni e’tirof etish.
D.Hakimov, O‘zA