Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mo‘g‘ulistonda islohotlar o‘tkazilmayotganligi beqarorlikka sabab bo‘lishi mumkin
10:52 / 2022-12-21

Mo‘g‘ulistonga islohotlar kerak, agar islohotlar o‘tkazilmasa, jamiyatda beqarorlik yuzaga kelishi va mamlakat uchun katta xavf paydo bo‘lishi mumkin, dedi Mo‘g‘ulistonning sobiq moliya vaziri (2010-2012) o‘rinbosari, ARD moliya guruhi ijrochi direktori Ganxuyag Chuluun.

"Hukumat ham, prezident ham,  shuningdek, buyuk davlat Xurali ham katta islohotlarni amalga oshirish vaqti kelganini bilishi kerak. Agar hukumat islohotlarni boshlamasa, xalqning g‘azabi jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarishi mumkin. Bu esa mamlakat uchun ulkan tahdid bo‘ladi", - degan u RIA novostiga intervyu berganda. 

Bundan bir necha kun avval Mo‘g‘ulistonda ko‘mir eksporti bilan bog‘liq jinoiy ish tufayli norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgandi. Ayni paytda ushbu ish yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.    

21 dekabrda “ko‘mir ishi” bo‘yicha mamlakat parlamentida katta surishtiruv bo‘lib o‘tadi.    

Mamlakatdagi turli ommaviy axborot vositalarining ma’lum qilishicha, ko‘mir eksportidan 1,8 milliarddan to 13 milliard  dollargacha zarar ko‘rilgan bo‘lishi mumkin.  

Mo‘g‘ulistonning korrupsiyaga qarshi kurash agentligi tergov bo‘limi rahbarining o‘rinbosari mazkur jinoiy  ishda sobiq Prezident Xaltmaagiyn Battulga, yetti deputat va bir  gubernatorning ishtiroki borligini ma’lum qilgan edi.    

Mamlakat iqtisodiy taraqqiyot vaziri Xurelbaatar Chimed sobiq Prezident Xaltmaagiyn Battulga mamlakatni tark etganini aytgan. Isee portalining ma’lum qilishicha, Battulga agentlik tergov bo‘limidan Koreya Respublikasida  davolanish uchun ruxsat olgan.  

"Korrupsiya jinoyatini sodir etgan mansabdor shaxslar davlat lavozimlari ishlash huquqidan bir umrga mahrum etiladi va besh yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi. Ushbu muhim qaror parlament tomonidan tezkor tarzda qabul qilindi", - dedi Chuluun.