Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mo‘g‘ulistonda benzin narxi rekord darajada ko‘tarildi
14:37 / 2021-08-10

REGNUM nashrining xabar berishicha, Rossiya neftining mo‘g‘ul importchilari AI-92 benzinining chakana narxini litriga uch yuz tugikka oshirdi.

Shu oyda narxlar ikkinchi marta o‘sgani aytilmoqda. Aniq qilib aytganda, bir litr AI-92 narxi bir oyda 41 foizga oshgan.  

 "Biz yaqinda Rossiya Federatsiyasidan benzinni qimmat narxda oldik. Bir tonna benzin narxi 38 dollarga, bir tonna dizel yoqilg‘isi 10 dollarga oshdi. Jahon bozorida neft narxi muttasil o‘sib borayotgan sharoitda, benzin narxining pasayishini kutmaslik kerak", – dedi Mo‘g‘uliston neft va mineral resurslar boshqarmasi vakillari.  

 Neft va mineral masalalari boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat 30 kun davomida benzin va dizel yoqilg‘isining zaxirasiga ega. Yoqilg‘i taqchilligini oldini olish uchun Mo‘g‘uliston Xitoydan AI-95 va AI-98 benzinini import qiladi.