Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mo‘g‘uliston O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda
17:50 / 2025-02-28

“Uzbekistan Airports” kompaniyasi Mo‘g‘ulistonning “Hunnu Air” aviakompaniyasi bilan hamkorlik qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuv doirasida Toshkent va Ulan-Bator o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. 

Mo‘g‘uliston aviatashuvchisi joriy yilning ikkinchi yarmida ikki davlat o‘rtasida parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, parvozlar “Embraer 190” rusumli samolyotlarda amalga oshiriladi. 

Mo‘g‘ulistonning “Hunnu Air” xususiy aviakompaniyasi 2011 yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning bosh qarorgohi Ulan-Batorda, Chingizxon nomidagi Xalqaro aeroportda joylashgan. Aviatashuvchi ichki va xalqaro parvozlarni “ATR 72-500” va “Embraer 190” rusumli samolyotlarda amalga oshiradi. 

Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA