Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mo‘g‘uliston elchisi bilan uchrashuv
19:11 / 2022-08-25

2022 yil 25 avgust kuni tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Mo‘g‘ulistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Nur-Sulton shahrida) etib tayinlangan Dorj Bayarxuuni qabul qildi.

Uchrashuv elchining V.Norovga ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bilan boshlandi.

Mamlakatimiz tashqi siyosat idorasi rahbari elchiga diplomatik missiyasida muvaffaqiyatlar tilar ekan, O‘zbekiston Mo‘g‘uliston bilan ko‘plab sohalarda hamkorlikni kengaytirishga katta ahamiyat qaratishini ta’kidladi. Suhbat chog‘ida ikki mamlakat hamkorligining bugungi holati hamda uni rivojlantirish istiqbollari bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Konstruktiv siyosiy muloqotni faollashtirishga tomonlarning o‘zaro tayyorligi qayd etildi. 

[gallery-8497]

Hamkorlikning huquqiy asoslarini kengaytirish, parlamentlararo diplomatiyani rivojlantirish va ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklararo maslahatlashuvlarni o‘tkazish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Savdo, investitsiya, qishloq xo‘jaligi, turizm va madaniy-gumanitar hamkorlik sohalarida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish uchun salmoqli salohiyat mavjudligi ta’kidlandi. 

Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, 2022 yil 15-16 sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan SHHTga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashi majlisida Mo‘g‘uliston delegatsiyasining ishtiroki yuzasidan tegishli masalalar ko‘rib chiqildi.

S.Rahimov, O‘zA muxbiri