Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mo‘g‘uliston Bosh vaziri iste’foga chiqdi
18:04 / 2025-10-17

Mo‘g‘uliston parlamenti Bosh vazir Gombojavin Zandanshatarni lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Ushbu mansabda 4 oy ishlagan mulozim amalni hukumatning avvalgi rahbari, 4 yarim yil faoliyat ko‘rsatgan, mamlakatda korrupsiya holati kuchaygani sababli ko‘tarilgan ommaviy norozilik namoyishida ayblanib lavozimidan bo‘shatilgan hamkasbidan qabul qilib olgan edi.

MONTSAME axborot agentligi qayd etishicha, ovoz berishda ishtirok etgan 111 nafar deputatdan 71 nafari iste’fo taklifini qo‘llab-quvvatladi, 40 nafari qarshi ovoz berdi.

Endi tez orada yangi Bosh vazir saylash uchun yig‘ilish o‘tkazilishi kutilyapti. Majlisda hukmron partiyaning bir qator arboblari ko‘rib chiqilayotgani aytilmoqda.

M.Pirmatova, O‘zA