Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mo‘g‘uliston bosh vaziri iste’foga chiqarildi
15:50 / 2025-06-05

Mo‘g‘uliston parlamenti bosh vazir Luvsannamsrayna Oyuun-Erdeneni iste’foga chiqardi. Bu haqda “NHK” telekanali ma’lum qilmoqda.

Bosh vazirning hokimiyatdan chetlatilishiga uning 23 yoshli o‘g‘li Temuulen hamda kelini Uguumur sabab bo‘ldi. Xabarda aytilishicha, may oyining o‘rtalarida Uguumurga tegishli “Instagram” sahifasida turli suratlar tarqalgan. 

Aks etgan rasmlarda u 5 ming dollardan ortiq turadigan ko‘ylakda, 50 ming dollarlik avtomobilda, 5 ming dollarlik sumka, qimmatbaho do‘konlardan xarid qilingan paketlar, hashamatli uzuk va vertolyotda sayr qilayotgan holatlarda tasvirlangan. 

Mamlakatda narxlar oshib borayotgan bir paytda Uguumurning bunday suratlari jamoatchilikda keskin norozilik uyg‘otdi va bu poytaxt Ulan-Bator markazidagi Suxe-Bator maydonida aholi namoyishlariga sabab bo‘ldi. 

Ta’kidlanishicha, namoyishchilar bosh vazir iste’foga chiqishi va uning shaxsiy mol-mulki oshkor qilinishini talab qilishgan. 

– Temuulenning rasman hech qanday daromad manbai yo‘q, -deb yozadi “Meduza” nashri. – Ayrim aholi vakillari uning hashamatli xaridlarini bosh vazir Oyuun-Erdene moliyalashtirgan, deb hisoblaydi. Bu esa nafaqat bosh vazirning “xalqdan chiqqan odam” degan imijiga zid, balki noqonuniy boylik orttirish bo‘yicha shubhalarni ham kuchaytiradi. 

Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux parlamentni fuqarolarning adolatga bo‘lgan chaqiriqlarini hurmat qilishga chaqirgan.

Ma’lumot o‘rnida,Oyuun-Erdene o‘tgan yilning iyul oyidan beri koalitsion hukumatni boshqarib kelmoqda. U 30 kun ichida o‘z vorisi tayinlanmaguncha muvaqqat bosh vazir lavozimida qoladi.

O‘.Alimov, O‘zA