Hindiston bosh vaziri Narendra Modi hukumati rahbari sifatida 4078 kunlik marrani ortda qoldirib, 1966 yil 24 yanvardan 4077 kun ketma-ket bosh vazir lavozimida ishlagan Indira Gandi rekordini yangiladi. Bu haqda “NDTV” telekanali ma’lum qildi.
Bu bilan u mustaqil Hindiston tarixida mamlakatning birinchi hukumat rahbari Javoharla’l Nerudan keyin ikkinchi eng uzoq muddat faoliyat yuritgan bosh vazirga aylandi.
Modi shuningdek, o‘lkada siyosiy partiya yetakchisi sifatida ketma-ket uchta saylovda g‘alaba qozongan yagona bosh vazir va 1971 yildan beri to‘liq ko‘pchilik ovoz bilan hokimiyatga qaytgan birinchi amaldagi hukumat rahbaridir.
Ma’lumot o‘rnida: Narendra Modi 1950 yil 17 sentyabrda Gujarot shtatining Vadnagar shahrida tug‘ilgan. U 2014 yildan beri mamlakat bosh vaziri lavozimida ishlab kelmoqda. Modi hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng Hindistonda investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan “Make in India” iqtisodiyotini modernizatsiya qilish dasturi ishga tushirildi, pul va soliq islohotlari amalga oshirildi. 2019 yilda u 1950 yilgi konstitutsiyada mustahkamlangan Jammu va Kashmir shtatining alohida maqomini bekor qilish to‘g‘risidagi qonunni parlamentdan o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi.
M.Pirmatova, O‘zA