Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Moderna” vaksinasining narxi ma’lum qilindi
14:58 / 2020-11-22

AQSHning “Moderna” farmatsevtik kompaniyasi rahbari Stefan Bansel "Welt am Sonntag" nashriga bergan intervyusida kompaniya tomonidan sotuvga tayyorlanayotgan vaksinaning bir doza narxi 25 dollardan 37 dollargacha bo‘lishini ma’lum qildi.

"Moderna" rahbarining so‘zlariga ko‘ra, kompaniya Yevropa Ittifoqiga vaksina yetkazish bo‘yicha kelishuv tuzish arafasida,  deyiladi "RIA Novosti" xabarida.

"Og‘ir ahvoldagi bemorlarda koronavirusni davolash sog‘liqni saqlash tizimiga qancha pulga tushishini hisobga olsak,  bu adolatli narxdir", degan Bansel.

Vaksina narxi buyurtma hajmiga ko‘ra o‘zgaradi. Banselning ta’kidlashicha, kompaniya yil oxirigacha 20 mln. doza vaksina ishlab chiqarmoqchi.

Ma’lumot o‘rnida, 16 noyabrda vaksinaning 30 ming kishi ishtirokidagi uchinchi bosqich sinovi 94,5 foizlik samaradorlik ko‘rsatgan edi.