Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Moddiy yordam oilalarga madad bo‘ldi
15:34 / 2021-12-30

Prezidentimizning 2021 yil 21 dekabrdagi “Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori asosida Toshkent viloyatining barcha shahar va tumanlarida sektorlar rahbarlari boshchiligida kam ta’minlangan oilalarga 800 ming so‘mdan bir martalik moddiy yordam berilmoqda.

Toshkent viloyatidagi 924 ta mahalla fuqarolar yig‘inidagi 3 ming 436 ta kam ta’minlangan, ehtiyojmand hamda qiyin sharoitda yashayotgan oilalarga ana shunday moddiy yordam ko‘rsatilishi belgilangan. Ayni paytda shahar va tuman kesimida yuqoridagi toifaga mansub yurtdoshlarimizga davlat rahbarining bayram tabriknomasi hamda belgilangan miqdordagi pul mablag‘lari tarqatilmoqda.

Ta’kidlash joizki, joylarda mahalliy hokimlik idoralari, korxona va tashkilotlarning xomiylik va boshqa shakllantirilgan mablag‘lari, maxsus jamg‘armalar hisobidan zaruratga qarab, imkon doirasida aholining boshqa ehtiyojmand vakillariga qo‘shimcha ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilmoqda.

 

A.Musayev, O‘zA