Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Moddiy yordam dasturi: yuz minglab oilalar qamrab olindi
12:13 / 2026-02-26

Aholini ijtimoiy himoya qilish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatida ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda. Shu maqsadda qabul qilingan qarorlar ijrosi izchil ta’minlanib, manzilli yordam ko‘rsatish ishlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Mavjud qonunchilikka muvofiq, ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida moddiy yordam to‘lovlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Birinchi bosqichda 616 ming 305 oilaga jami 422,4 milliard so‘m mablag‘ to‘lab berildi. Jumladan 225 ming 541 oilaga 1 million so‘mdan moddiy yordam ajratilgan.  

Shundan 207 ming 661 ta — davlat ta’minotidagi oilalar, 3 ming 848 ta — yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar yashayotgan oilalar, 17 ming 32 ta — yolg‘iz yashovchi, parvarishga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘mak berilgan.  

387 ming 764 kam ta’minlangan oilaga esa 500 ming so‘mdan mablag‘ to‘lab berildi.

Ikkinchi bosqichda esa ro‘yxati qo‘shimcha shakllantirilgan hamda hujjatlari o‘rganilayotgan oilalarga moddiy yordam yo‘naltiriladi.

Moddiy yordam ko‘rsatish jarayoni shaffoflik va manzillilik tamoyillari asosida davom ettirilmoqda. Bu esa ijtimoiy himoya choralarining haqiqatan ham muhtoj oilalarga yetib borishini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA