Xorazm viloyati Yangiariq tumanida istiqomat qiluvchi O.Rajabovning qizi tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruq bo‘limida vafot etadi.
Natijada marhumning yaqin qarindoshlari tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlarining hatti harakatlaridan norozi bo‘lib, sudga da’vo arizasi kiritgan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining qaroriga asosan Yangiariq tuman tibbiyot birlashmasidan marhumaning otasi, onasi va singlisining foydasiga moddiy va ma’naviy zarar undirish belgilandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Yangiariq tumani bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan sud qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida olib borilgan ijro harakatlari natijasida Yangiariq tuman tibbiyot birlashmasidan jami 123,7 million so‘m moddiy va ma’naviy zarar undirilgan va mablag‘ fuqarolarning bank plastik kartalariga o‘tkazib berilishi ta’minlandi.
Ahmadjon Shokirov, O‘zA