Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Moddiy madaniy meros obyektlariga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
12:00 / 2019-08-24

Davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilganlik, buzganlik yoki ularga shikast yetkazganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi mumkin.


Davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilganlik, buzganlik yoki ularga shikast yetkazganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi mumkin.

Bu nafaqat koʻp miqdorda zarar yetkazgan huquqbuzarlikni qasddan sodir etganlik, balki koʻp va ancha miqdorda zarar yetkazgan huquqbuzarlikni ehtiyotsizlik tufayli sodir etganlik uchun ham taalluqli.

Bu Oliy Majlis Senati yalpi majlisida koʻrib chiqilgan “Moddiy madaniy meros obyektlarining muhofaza qilinishi kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunda nazarda tutilmoqda. Jinoyat kodeksiga ana shunday oʻzgarishlar kiritilmoqda.

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzganlik, huquqbuzarliklarni nafaqat qasddan sodir etganlik, balki ehtiyotsizlik tufayli sodir etganlik uchun ham javobgarlik kuchaytirilishini nazarda tutuvchi oʻzgartishlar kiritilmoqda.

Senatorlar ushbu qonun qabul qilinishi Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan va Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan obyektlar va hududlarni, ularning noyobligini, jahon madaniyati va tarixiga qoʻshgan bebaho hissasini saqlashga, shuningdek boʻlajak avlodni tarbiyalashga xizmat qilishiga alohida urgʻu berdilar.

Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.