«Elektron hukumat» tizimlariga kirishda shaxsni identifikatsiyalash va tasdiqlashning yangi moduli – Mobile ID mobil telefon orqali sinov tartibida ishga tushgan edi.
Mazkur tizimdan ro‘yxatdan o‘tdingizmi? O‘tmagan bo‘lsangiz buning yo‘li juda oson.
Buning uchun siz bir marotaba shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki haydovchilik guvohnomasi) bilan respublikada mavjud davlat xizmatlari markazlari yoki notariuslarga tashrif buyurishingiz kifoya.
Davlat xizmatlari markazi operatori yoki notariusga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etasiz va mobil raqamingizni ma’lum qilasiz.
Operator yoki notarius tizim orqali sizni «one.id» tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tganligingizni tekshiradi va ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz o‘tkazadi.
Tizim orqali biometrik ma’lumotlaringiz tasdiqlanadi. Telefon raqamingizga tasdiqlovchi kod yuboriladi va kod tizimga kiritiladi.
Endi siz mobil raqamingiz orqali “my.gov.uz” portali va boshqa ko‘pgina moliyaviy xizmatlarga telefoningiz orqali buyurtma berishingiz va tasdiqlashingiz mumkin.
Sh.Ne’matov,O‘zA