Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mobile ID” tizimidan ro‘yxatdan o‘tish qay tartibda amalga oshiriladi?
10:22 / 2022-10-31

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova fuqarolardan tushgan savollarga javob berdi.

– Shaxsiy identifikatsiya raqami qaysi organlar tomonidan beriladi?  

– Tegishli tartibga ko‘ra, shaxsiy identifikatsiya raqami O‘zbekiston Respublikasi hududida tug‘ilgan barcha shaxslarga tug‘ilganlikni qayd etish jarayonida qat’iy ravishda FHDYO organlari tomonidan beriladi.

Shuningdek, xorijiy davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga identifikatsiya ID-kartasi O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha bo‘lib turgan yoki o‘z faoliyatini ishonchli vakili orqali amalga oshirayotgan chet el fuqarolariga davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladi.  

Xorijiy davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga identifikatsiya ID-kartasi shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha bo‘lib turgan chet el fuqarolariga ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan beriladi.  

Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjati rasmiylashtirilganda ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan hamda xorijiy davlatda yashaydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning farzandlariga (shaxsiy identifikatsiya raqami mavjud bo‘lmaganda), chet el fuqarolariga hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan beriladi.  

– “Mobile ID” tizimidan ro‘yxatdan o‘tish qay tartibda amalga oshiriladi?  

– “Mobile ID” tizimidan ro‘yxatdan o‘tish juda oson. Buning uchun fuqaro bir marotaba shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki haydovchilik guvoxonomasi) bilan respublikada mavjud davlat xizmatlari markazlari yoki notariuslarga tashrif buyurishi kifoya.  

Fuqaro Davlat xizmatlari markazi operatori yoki notariusga shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi va mobil raqamini ma’lum qiladi. Operator yoki notarius tizim orqali fuqaroni “OneID” tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tganligini tekshiradi va ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tkazadi.  

Tizim orqali biometrik ma’lumotlar tasdiqlanadi. Fuqaroning telefon raqamiga tasdiqlovchi kod yuboriladi va kod tizimga kiritiladi. Keyin fuqaro o‘z mobil raqami orqali YAIDXP (my.gov.uz) portali va boshqa ko‘pgina moliyaviy xizmatlarga telefon orqali buyurtma berishi va tasdiqlashi mumkin.  

 

Muhayyo Toshqorayeva  

O‘zA muxbiri