Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mo‘l hosil tadorigi
18:24 / 2017-07-28

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi “G‘ijdon ariq soy bo‘yi” fermer xo‘jaligi 20 gektarda g‘o‘zaning “Sulton” navini parvarishlamoqda.

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi “G‘ijdon ariq soy bo‘yi” fermer xo‘jaligi 20 gektarda g‘o‘zaning “Sulton” navini parvarishlamoqda.

Xo‘jalik a’zolari barcha agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli amalga oshirmoqda.

–Mutaxassislar tavsiyasiga ko‘ra, shu kungacha g‘o‘zani 3-marta oziqlantirdik, – deydi xo‘jalik rahbari Ismoiljon Yo‘ldoshev. – Qator oralariga uch marta ishlov berildi. “Sharbat” usuli asosida g‘o‘za suvga to‘yintirildi. Zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashish ishlari o‘z vaqtida olib borilmoqda. Hozir har bir g‘o‘za tupida 7-8 donadan bo‘liq ko‘sak, 30 tagacha shona bor. Bu barakali hosildan darak.