Moʻgʻulistonda oʻta sovuq ob-havo kuzatilmoqda
Moʻgʻulistonda sovuq ob-havo tufayli maktablar yopib qoʻyildi.
Moʻgʻulistonda sovuq ob-havo tufayli maktablar yopib qoʻyildi. Shuningdek, poytaxt Ulanbatorda kuzatilayotgan havoning toksik zararlanishi oqibatida koʻplab aholi mamlakatning chekka yaylov hududlariga vaqtinchalik koʻchib ketishlari tavsiya qilingan.
Ushbu zararli havo pnevmoniya kabi nafas yoʻllarining kasalliklarini keltirib chiqarmoqda. Bu ayniqsa, bolalarga tez taʼsir qilmoqda, deyiladi xabarlarda.
Dushanba kuni kechqurun Ulanbatorda havo harorati minus 32 darajaga tushishi kutilmoqda. Poytaxt boʻylab PM2.5 deb nomlanuvchi xavfli tutun zarralari kontsentratsiyasi har kubometr uchun 500 mg dan oshadi, bu degani Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti zararsiz, deb belgilagan miqdordan 50 barobar koʻp.