French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“MMFI” Milliy Tadqiqot yadro universitetining Toshkent shahridagi filialiga ijrochi direktor vazifasini bajaruvchi tayinlandi
12:11 / 2021-09-14

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga binoan Abdukamilov Shavkat Shuxratovich “MMFI” Milliy Tadqiqot yadro universitetining Toshkent shahridagi filialining ijrochi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Shu kungacha Sh.Abdukamilov “O‘zatom” agentligining Ilm-fan, innovatsiya va kadrlarni tayyorlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Sh.Abdukamilov texnika fanlari nomzodi.

Eslatib o‘tamiz: MMFI MTYAU Toshkent shahridagi filiali o‘z faoliyatini 2019 yilning 3 sentyabr kuni boshlagan bo‘lib, bugungi kunda filialda bakalavrlar kunduzgi ta’lim dasturi asosida “Yadro energetikasi va issiqlik fizikasi”, “Yadro fizikasi va texnologiyalar”, “Issiqlik energiyasi va issiqlik fizikasi” va “Elektr energetikasi va elektrotexnika” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil berilmoqda.  

 

O‘zA