Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MMA yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari dasturidan joy oldi
15:30 / 2024-06-13

Xabaringiz bor, 2025 yil Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari o‘tkaziladi.

Ar-Riyoddagi ushbu nufuzli sport tadbiridan avval, aniqrog‘i shu yilning noyabr oyida Tailandning Bangkok shahrida koronavirus pandemiyasi sabab, 2021 yilda o‘tkazilmagan yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari tashkil etiladi. Quvonarlisi mazkur musobaqalarda O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etishi kutilmoqda.  

Osiyo Olimpiya kengashining rasmiy xabariga ko‘ra, 2025 yilgi yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari dasturiga havaskor aralash jang san’atlar (MMA) sport turi kiritildi. Umid qilamizki, ushbu musobaqalarda o‘zbekistonlik MMAchilar ham muvaffaqiyatli ishtirok etadi.  

 

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA