Mikrokreditbank tizimida faktoring xizmatlarini kengaytirish hamda uni raqamli faktoring platformalaridan biriga integratsiya qilish maqsadida, 26 sentyabr kuni bank va “OZPLANET” o‘rtasida raqamli platformadan foydalanish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Shuningdek, “Venkon” MCHJ bilan faktoring platformasiga integratsiya qilish yuzasidan ham kelishuvga erishildi.
Endilikda tadbirkorlar masofaviy tarzda faktoring xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Har ikkala platforma faktoring jarayonini soddalashtirishga imkon beradi va ortiqcha qog‘ozbozliklarni talab qilmaydi.
Faktoring – yetkazib bergan mahsulotlaringiz uchun to‘lovni oldindan olish imkoniyatini beruvchi qulay xizmat. Biznesingiz barqarorligi uchun faktoring xizmatini tanlang!

Uning afzalliklari ko‘p
- aylanma mablag‘lar uzluksizligini ta’minlash
- sotish hajmini oshirish
- garov talab etilmasligi
Shartlari juda qulay
- Muddati — 180 kungacha
- Miqdori — o‘zaro qarzdorlik miqdoridan kelib chiqib
- Valyuta — so‘mda
Diskont
- 90 kungacha — 6 foizdan kam bo‘lmagan
- 180 kungacha — 8 foizdan kam bo‘lmagan
Eslatib o‘tamiz, korxonaning asosiy hisobraqami “Mikrokreditbank” ATBda bo‘lishi lozim!
Bank Axborot xizmati
Reklama huquqi asosida