Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MKBANK raisi chimboylik tadbirkorlar va aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi
19:58 / 2025-10-23

Keyingi yillarda mamlakatimizda yangi yondashuvlar asosida bank tizimi mahallalar rivojiga ko‘makchi bo‘lib kelmoqda.

Xususan, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirishda banklar faol ishtirok etmoqda. Bu orqali odamlar daromadli mehnatga jalb qilinmoqda, turmush darajasi o‘smoqda.

Kambag‘allikni qisqartirish borasida yaratilgan tizim va unga yo‘naltirilayotgan mablag‘lar o‘z samarasini bermoqda. Mahallalar hunarmandchilik, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalariga ixtisoslashayotgani, xonadonlardagi tomorqa va issiqxonalar samarali foydalanilayotgani buning yaqqol dalilidir.

Hududlarda mahalla tizimini yanada takomillashtirish, aholi bandligini ta’minlash va ularni daromadli qilish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu jarayonlarda “Mikrokreditbank” ham turli loyihalar bilan faol ishtirok etmoqda. Bank boshqaruvi raisi O.Butayev 22–23 oktyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Chimboy tumanida bo‘lib, hududdagi tadbirkorlar va aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi

Chimboy tumani hokimligi binosida bo‘lib o‘tgan muloqotda tadbirkorlarning taklif va muammolarini tinglandi.

Shuningdek, tumandagi Temiryo‘l mahallasida esa hokim yordamchilari, mahalla bankirlari va mahalla agentlari bilan uchrashuv bo‘ldi. Xonadonlarda amalga oshirilayotgan mikro¬loyihalar bilan tanishildi. Aholi takliflaridan kelib chiqib, bankning hududiy mas’ullariga tegishli topshiriqlar berildi.

Bunday fikr almashishlar aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda odamlar turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi. “Mikrokreditbank” jamoasi esa har doim xalq bilan birga bo‘lishga, ularni tadbirkorlik orqali daromadli qilishga tayyor.

Bank axborot xizmati

Reklama huquqi asosida