Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MKBANK rahbariyati hududlarda aholi va tadbirkorlar muammolarini o‘rgandi
16:49 / 2025-10-22

“Mikrokreditbank” ATB Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Ikrom Jumaniyazov 20-21 oktyabr kunlari Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanidagi Navro‘z mahallasida bo‘lib, tadbirkorlar va aholi vakillari bilan uchrashdi.

Ta’kidlash joizki, MKBANK rahbariyati tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash va ularni daromadli mehnatga jalb etishga qaratilgan amaliy ishlarini izchil davom ettirmoqda.

Xususan, Oqqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan uchrashuvda 20 ga yaqin fuqaro va tadbirkorlar ishtirok etib, ularning faoliyatidagi muammo va takliflar tinglandi. Aniqlangan masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilab olindi.

Shuningdek, tumanning Alimkent mahallasida ham uchrashuvlar tashkil etildi. Unda 20 dan ortiq fuqaro va tadbirkorlar o‘z taklif va tashabbuslarini bildirishdi.

Tashrif doirasida “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Ikrom Djumaniyazov mahallalarda amalga oshirilayotgan mikroloyihalar bilan ham tanishdi.

Bunday uchrashuvlar tadbirkorlarning muammolarini joyida o‘rganish, ularga amaliy yordam ko‘rsatish hamda kelgusidagi faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, tadbirkorni qo‘llab-quvvatlash jamiyatni qo‘llab-quvvatlash demakdir.

Bank axborot xizmati

Reklama huquqi asosida