Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MKBANK: korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilmoqda
11:33 / 2023-12-29

Mikrokreditbank tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz faoliyatni yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Xususan, mijozlarga xizmat ko‘rsatishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, bu borada jamoatchilik bilan samarali aloqani yo‘lga qo‘ydi. Buning uchun «Komplayens ishonch liniyasi» ishga tushirildi.

Ushbu aloqa liniyalari orqali murojaatlar 24/7 tartibida fuqarolar xohishiga ko‘ra, shaxsni oshkor qilgan holda yoki anonim tarzda avtomatik ravishda qabul qilinmoqda.  

Agar fuqarolar bank xodimining noqonuniy xatti-harakatlariga duch kelsa, shuningdek, korrupsiyaga sabab bo‘luvchi holatlar va shartlar haqida ogohlantirmoqchi bo‘lsa «Komplayens ishonch telefoni»ga murojaat qilishi mumkin.  

Ushbu xizmat korrupsion harakatlarning har qanday ko‘rinishining oldini olishdan manfaatdor bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar uchun tashkil etilgan.

Shuningdek, «Mikrokreditbank» ATBda Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti tomonidan 4 ta aloqa kanali yo‘lga qo‘yilgan. Ular quyidagilar:

Ishonch telefoni: +998 55 503-77-11

Telegram BOT: mkbanticor_bot

Elektron pochta: mkbanticor@mkb.uz

Rasmiy veb-sayt: www.mkbank.uz (Antikorrupsiya sahifasi)

Murojaat O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq qabul qilinadi va ko‘rib chiqiladi.  

Bank axborot xizmati

Reklama huquqi asosida