Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mitti oftobchalar
11:01 / 2025-10-09

FOTOREPORTAJ

Kungaboqar – murakkabguldoshlar oilasiga mansub bir yillik o‘simlik, asosiy moyli ekinlardan biri. Vatani – Shimoliy Amerika. Yovvoyi holda o‘sadigan kungaboqarni ispanlar Yevropaga 1510 yilda keltirganlar. Dastlab manzarali o‘simlik sifatida ekilgan. Bugun esa undan oziq-ovqat sanoatida keng foydalanilmoqda.

Yurtimizda ham tuproq va va iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda kungaboqarni takroriy ekin sifatida ekib, undan barakali hosil olayotgan xo‘jaliklar ko‘p. 

[gallery-25663]

Yaqinda Navoiy viloyatining Navbahor tumanida bo‘lganimda, katta yo‘l bo‘ylab olov misoli yastanib yotgan kungaboqarlarni ko‘rib, bu ajib manzarani fotokameramga muhrlashga oshiqdim. Go‘yo zaminimizda minglab mitti oftobchalar jilmayib turganga o‘xshaydi, shunday emasmi?!

Siroj ASLONOV (surat), O‘zA